logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Flik qizishib ketdi: "Real"dan so'rang, ikkinchi divizion jamoalari bilan o'ynash osonmi?"

 11 FEVRAL, 2026, 18:12

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoasining Ispaniya Kubogi yarim finaligacha bosib o'tgan yo'li haqidagi savolga javob berdi. Kataloniyaliklar turnir davomida «Gvadalaxara» (2:0), «Rasing» (2:0) va «Albasete» (2:1) jamoalarini mag'lub etishdi. «Ko'k-anorranglilar» yarim finalga qadar La Liga vakillari bilan to'qnash kelishmadi.

— Siz hali birorta ham yuqori divizion jamoasi bilan uchrashmaganingiz uchun Kubokdagi yo'lingizni past baholayotganlarga nima degan bo'lardingiz?

— Ikkinchi divizion jamoalari bilan o'ynash osonmi yoki yo'qmi, buni «Real»dan so'rang», — dedi Flik matbuot anjumanida.

Eslatib o'tamiz, «Real» Madrid yanvar oyida aynan «Albasete»ga (2:3) imkoniyatni boy berib, Ispaniya Kubogini tark etgan edi.

Ispaniya Kubogi yarim finalida «Barselona» «Atletiko» bilan ikkita o'yin o'tkazadi. Dastlabki bahs 12 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ