logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rafinya bo'yicha yomon xabar chiqdi

 11 FEVRAL, 2026, 17:42

«Barselona» Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki uchrashuvi doirasida «Atletiko»ga qarshi kechadigan safar o'yiniga tayyorgarlik ko'rmoqda. Seshanba kuni ertalab Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi. Jurnalist Alfredo Martinesning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «ko'k-anorranglilar» vingeri Rafinya mashg'ulotlarda ishtirok etmagan.

Bu Rafinyaning Madriddagi bahsni o'tkazib yuborishini anglatadi. Shuningdek, jarohatlar sababli «Barselona»ga Markus Reshford, Pedri, Gavi va Kristensen ham yordam bera olmaydi.

«Atletiko» va «Barselona» o'rtasidagi kubok yarim finali 12 fevral kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi. Final yo'llanmasi taqdiri hal bo'ladigan javob uchrashuvi esa bahorning boshida — 3 mart kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ