logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Boks. Uordli va Dyubua jang haqida kelishib olishdi

 11 FEVRAL, 2026, 17:18

Nufuzli "The Ring" boks nashrining xabar berishicha, og'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Fabio Uordlining jamoasi Daniel Dyubuaga qarshi jang borasida kelishuvga erishdi.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, bahs 9 may kuni Manchesterda (Buyuk Britaniya) bo'lib o'tishi kerak. Ushbu jangda Uordli o'z titulini himoya qiladi.

Eslatib o'tamiz, Fabio 2025 yilda ukrainalik Aleksandr Usik majburiy himoya jangini o'tkazmaslik uchun o'z kamaridan voz kechishga qaror qilganidan so'ng chempionga aylangan edi. Jozef Parker ustidan qozonilgan g'alabadan keyin britaniyalik bokschi ushbu kamarni rasman meros qilib oldi.

Dyubua o'zining so'nggi jangini 2025 yilning iyul oyida aynan Usikka qarshi o'tkazgan va beshinchi raundda nokaut bilan mag'lub bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ