logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mauro: "Allegri menga yoqadi"

 11 FEVRAL, 2026, 15:00

O'tgan asrning 80-90 yillarida "Napoli" va "Yuventus" kabi klublarda to'p tepgan italiyalik sobiq futbolchi Massimo Mauro "Milan"ning hozirgi ustozi Massimiliano Allegrini yoqtirishini tan oldi.

"Menga Allegri yoqadi, u kamtar, maydonda bo'layotgan voqealarni a'lo darajada o'qiydi va izchil harakat qiladi. Uning o'yini har doim chiroyli deb aytmayman, lekin u natija keltiradi, bu shubhasiz", - deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Ayni damda "Milan" A Seriya turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Klub so'nggi bor 2022 yilda Stefano Pioli davrida chempion bo'lgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ