logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Enrike gruziyalik yulduzni maqtadi

 11 FEVRAL, 2026, 12:42

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Men Xvicha Kvaratsxeliyadan va uning sog'ayib safga qaytganidan juda mamnunman. U biz uchun asosiy futbolchi hisoblanadi. «PSJ» uning maydonga qaytishini sinchkovlik bilan rejalashtirishni istagan edi, chunki klub rahbariyati Kvara mavsumning ikkinchi yarmida hal qiluvchi rolni o'ynashiga ishonadi... Bu asosiy sovrinlar uchun qaytadan kurashishimizda muhim omil bo'ladi», — deya Enrikening so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirmoqda.

Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda ishtirok etib, sakkizta gol urdi va oltita golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ