logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Olti hafta oldin «MYu» bu o'yinda mag'lub bo'lardi»: Batt Kerrikning ta'sirini yuqori baholadi

 11 FEVRAL, 2026, 12:30

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Niki Batt Maykl Kerrikning ishi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Seshanba kuni ingliz mutaxassisi boshchiligidagi jamoa ilk bor g'alaba qozona olmadi — «Vest Xem» bilan o'yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Bungacha bo'lgan to'rtta uchrashuvda «qizil iblislar» bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Kerrik qo'l ostida to'rt bor g'alaba qozonishgan edi.

«Kerrik kerakli futbolchilarni to'g'ri pozitsiyalarga joylashtirdi. Bu erda hech qanday o'ta murakkab narsa yo'q!

Olti hafta oldin «Manchester Yunayted» bunday o'yinda 0:2 yoki 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lardi», — dedi Batt bahs yakunlanganidan so'ng «TNT Sports» efirida.

Maykl Kerrik yanvar oyi boshida iste'foga chiqarilgan Ruben Amorimning o'rnini egallab, «MYu» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ