logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola Xolandni himoya qildi: «Usiz natijalarimiz ancha yomon bo'lardi»

 11 FEVRAL, 2026, 12:12

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Xolandning sermahsulligi pasaygani borasidagi savollarga javob berishda davom etmoqda.

25 yoshli hujumchi so'nggi 13 ta o'yinda bor-yo'g'i uch marta gol urishga muvaffaq bo'ldi, bundan tashqari, ushbu gollarning ikkitasi penaltidan kiritilgan.

«Erling hozir 29 yoki 30 yoshda emasligini unutmaslik kerak. U hali yosh, rivojlanishda davom etmoqda va har mavsumda yaxshilanib bormoqda. U o'z organizmini yaxshi biladi va har uch-to'rt kunda maydonga tushish nimani anglatishini juda yaxshi tushunadi. Xolandsiz natijalarimiz bundan ancha yomonroq bo'lardi», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Bugun «shaharliklar» o'z maydonida «Fulxem»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ