logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sport.es: «Real» yulduzlari Alvaro Arbeloaning qarorlariga qarshi chiqishmoqda

 11 FEVRAL, 2026, 11:42

Madridning «Real» klubi ustozi Alvaro Arbeloa jamoaning yulduz futbolchilari o'rtasida etarlicha obro'ga ega emas. Bu haqda «Sport.es» nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, mutaxassis «futbolchilar diktaturasi» tufayli qiyinchilikka duch kelmoqda. Jamoaning etakchi futbolchilari murabbiyning ayrim ish uslublariga rozi emasliklarini bildirishmoqda. Shu bilan birga, kelishmovchiliklar tafsilotlari «qirollik klubi» kiyinish xonasidan tashqariga chiqarilmayapti.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis yanvar oyi o'rtalarida madridliklar boshqaruvini qo'lga olgan edi. U bosh murabbiy lavozimida Xabi Alonsoning o'rnini egallagandi.

Hozirda «Real» La Ligada ikkinchi o'rinda bormoqda, Chempionlar ligasida esa pley-off bosqichiga yo'l oldi va u erda «Benfika»ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ