logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nkunku: «Modrich 45 yoshgacha o'ynay oladi»

 11 FEVRAL, 2026, 11:42

«Milan»ning frantsuz hujumchisi Kristofer Nkunku o'zining 40 yoshli yulduz jamoadoshi — xorvatiyalik Luka Modrich haqida fikr bildirdi.

«Modrich — noyob va aql bovar qilmaydigan futbolchi. Uning oyoq tashqi qismi (trivela) bilan beradigan uzatmalari shunchaki hayratlanarli. Agar men juda qattiq harakat qilsam ham, buni uningdek uddalay olmayman. Menimcha, u 45 yoshgacha o'ynashi mumkin», — deya «Gazzetta dello Sport» hujumchining so'zlarini keltiradi.

Modrich o'tgan yilning yozida madridlik «Real»dan Milan klubiga o'tgan edi. Tajribali xavbek «rossonerilar» bilan bir yillik mehnat shartnomasini imzolagan.

A Seriyaning joriy mavsumida xorvatiyalik futbolchi 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ