logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Maguayr bilan kelishuvga yaqin

 11 FEVRAL, 2026, 10:06

Himoyachi Garri Maguayr, katta ehtimol bilan, faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradi.

«Daily Mail» jurnalisti Kris Uilerning ma'lumotlariga ko'ra, "qizil iblislar" futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashi ehtimoli juda yuqori. Klub rahbariyati himoyachining Maykl Kerrik qo'l ostida o'zini ko'rsata olayotganidan mamnun. «Manchester Yunayted» xo'jayinlari Maguayr bilan ham ish haqi, ham shartnoma muddati bo'yicha kelishuvga erishishga umid qilmoqdalar.

Maguayrning «Manchester Yunayted» bilan hozirgi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Uning haftasiga oladigan ish haqi 180 ming funt sterlingni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ