logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kubarsi «Barselona»ning muvaffaqiyat sirini aytdi

 11 FEVRAL, 2026, 06:06

«Barselona» markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoa joriy mavsum davomida nimaning hisobiga o'sishga erishgani haqida gapirib berdi.

Noyabr oyida «Chelsi»dan qabul qilingan mag'lubiyatdan (0:3) so'ng, Xans-Diter Flik shogirdlari hayratlanarli sport formasiga kirib olishdi va barcha musobaqalardagi 18 ta o'yinning 17 tasida g'alaba qozonishdi.

«Biz ayrim detallarga tuzatish kiritdik, bu esa natijalarni yaxshilash imkonini berdi. O'zgarishlardan so'ng darhol yaxshiroq o'ynay boshladik va murabbiylar shtabi bizga etkazgan falsafaga ishondik. O'shandan beri biz o'sishda davom etmoqdamiz va o'zimizga bo'lgan ishonch tobora ortib bormoqda», — deya «Barca Universal» Kubarsining so'zlarini keltirmoqda.

Payshanba kuni, 12 fevral sanasida, «ko'k-anorranglilar» Ispaniya Kubogining dastlabki yarim final uchrashuvi doirasida Madridda «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ