logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» rahbariyati Slotga so'nggi imkoniyatni bermoqda

 11 FEVRAL, 2026, 06:00

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot mavsum yakunigacha lavozimida qolmasligi mumkin. «Qizillar» Premer-ligada yomon natijalar ko'rsatmoqda, bu esa jamoaning Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmaslik xavfini yuzaga keltirmoqda.

«MatchDay Central» nashrining xabar berishicha, agar yaqin haftalarda vaziyat ijobiy tomonga o'zgarmasa, klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisni iste'foga chiqarish haqida qaror qabul qilishi mumkin. Keyingi uchrashuvlar murabbiy taqdirini belgilab berishi istisno etilmayapti.

Arne Slot 2024 yilning yozidan buyon «Liverpul» boshqaruvida ishlab kelmoqda. Uning qo'l ostidagi ilk mavsumda jamoa Angliya chempionligini qo'lga kiritgan edi. APLning joriy mavsumida 25 turdan so'ng mersisaydliklar turnir jadvalida atigi oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ