logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Palmerning APLdagi hayratlanarli statistikasi

 11 FEVRAL, 2026, 05:54

«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer yana bir bor o'n bir metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi.

23 yoshli futbolchi bugungi 26-tur doirasidagi «Lids»ga qarshi o'yinning 58-daqiqasida penaltidan unumli foydalandi. «Squawka» ma'lumotlariga ko'ra, ingliz yulduzi Premer-ligadagi 19 ta penaltidan 18 tasini golga aylantirgan. Uning yagona omadsiz urinishi o'tgan yilning mart oyiga to'g'ri keladi — o'shanda futbolchi «Lester» darvozasini ishg'ol eta olmagan edi.

Eslatib o'tamiz, «Vulverxempton»ga qarshi kechgan avvalgi uchrashuvda Koul Palmer xet-trik qayd etgan bo'lib, uchta goldan ikkitasini penaltidan kiritgandi. Hujumkor yarim himoyachi hisobida Angliya chempionatining joriy mavsumida jami sakkizta gol va bitta golli uzatma mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ