logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Buffon Kenan Yildizning salohiyatiga yuqori baho berdi

 11 FEVRAL, 2026, 05:54

«Yuventus»ning sobiq darvozaboni va afsonasi Janluiji Buffon turinliklar hujumchisi Kenan Yildiz haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Men uchun Yildiz shunday futbolchi-ki, agar u «Yuventus» bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqsa, klub afsonasiga aylanadi. Uning maydonda ko'rsatayotgan o'yini — bu chinakam g'ayrioddiy hodisa», — dedi Buffon DAZN telekanaliga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Kenan Yildiz 2022 yilda «Bavariya»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida kelib qo'shilgan edi. Shu yilning 7 fevral kuni turkiyalik iqtidor sohibi turinliklar bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan yangi shartnomaga qo'l qo'ydi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ