logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi jarohat sabab JCh-2026'ni o'tkazib yuboradi

 11 FEVRAL, 2026, 05:48

«Portu» hujumchisi Samu Agexova uzoq muddatga safdan chiqdi. 21 yoshli futbolchi Portugaliya chempionati doirasidagi «Sporting Lissabon»ga qarshi kechgan so'nggi uchrashuvda jarohat olgan edi. Eng yomon shubhalar o'z tasdig'ini topdi: «ajdarholar» forvardida oldingi xochsimon bog'lamlarining uzilishi aniqlandi. Shu tariqa, ispaniyalik futbolchining bo'lajak Jahon chempionatida ishtirok etishi deyarli imkonsiz bo'lib qoldi.

Samu Agexova joriy mavsumda «Portu» safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol kiritgan edi. Ispaniya terma jamoasi safida esa hujumchi jami to'rtta o'yinda ishtirok etgan.

«Qizil furiya» bo'lajak mundialda guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ