logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Nyukasl» Londonda «Tottenxem»ni engdi

 11 FEVRAL, 2026, 05:12

«Nyukasl» Angliya chempionatining 26-turi doirasida «Tottenxem»ni mag'lub etdi — 2:1. O'yin Londonda bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'lim yakunida «qarg'alar» himoyachisi Malik Tshau hisobni ochdi. «Shporlar» 64-daqiqada yarim himoyachi Archi Greyning goli evaziga muvozanatni tiklashdi. Oradan 4 daqiqa o'tib, mehmonlar a'zosi Jeykob Remsi «Nyukasl»ni yana oldinga olib chiqdi va o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi.

«Nyukasl» 36 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida 10-o'ringa ko'tarilib oldi. «Tottenxem» esa 29 ochko bilan 16-pog'onada bormoqda.

Angliya Premer-ligasi. 26-tur | 11 fevral | «Tottenxem Xotspur Stedium»

Tottenxem — Nyukasl Yunayted — 1:2

Gollar: Tshau, 45+5 (0:1); Grey, 64 (1:1); Remsi, 68 (1:2).

Tottenxem: Vikario, Dregushin, van de Ven, Spens, Grey, Bissuma (Palinya, 46), Sarr, Gallaxer (Kolo Muani, 70), Simons, Odober (Tel, 35), Solanke.

Nyukasl Yunayted: Poup, Botman, Tshau, Bern, Tripper, Gimarayns (Xoll, 90+1), Remsi (Tonali, 75), Uillok (Osula, 88), Barns, Elanga (Merfi, 75), Gordon (Voltemade, 88).

Ogohlantirishlar: Sarr (41), Spens (62), Simons (67) — Bern (59), Gimarayns (89).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ