logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Siti» Germaniya terma jamoasi ustozini nishonga oldi

 11 FEVRAL, 2026, 00:48

«Manchester Siti» Xosep Gvardiolaning klubdan ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko'rib, turli variantlarni ko'rib chiqmoqda.

«TEAMtalk» jurnalisti Grem Beylining ma'lumotiga ko'ra, «shaharliklar» Germaniya terma jamoasi ustozi Yulian Nagelsmannni taklif qilish variantini o'rganmoqda. 38 yoshli mutaxassis Manchester klubi rahbariyatida ijobiy taassurot uyg'otgan.

Nagelsmann 2023 yilda Germaniya terma jamoasini boshqarishni boshlagan edi. 2025 yilning yanvarida u amaldagi shartnomasini 2028 yil yozigacha uzaytirdi. Shuningdek, murabbiy faoliyati davomida «Xoffenxaym», «RB Leyptsig» va Myunxenning «Bavariya» klublarini boshqargan. U «Bavariya» bilan Bundesliga g'olibi va ikki karra Germaniya Superkubogi sohibiga aylangan. 2017 yilda Nagelsmann Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ