logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Karvaxal va Arbeloa yuzma-yuz gaplashib olishdi

 11 FEVRAL, 2026, 00:36

So'nggi paytlarda matbuotda Madridning «Real» klubi o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal bilan bog'liq muammolar faol muhokama qilinmoqda.

«Qaymoqranglilar» sardori jarohatidan tuzalib, qaydnomaga qaytgan bo'lsa-da, baribir maydonga tushmayapti. 34 yoshli futbolchi yuzaga kelgan vaziyatdan norozi, bu haqda yaqin kunlarda turli manbalar xabar berdi. Shuningdek, jamoaning yangi ustozi Alvaro Arbeloa bilan kelishmovchiliklar borligi haqida ham mish-mishlar tarqalgan edi.

«Marca» nashrining ma'lumotiga ko'ra, payshanba kuni klub bazasida murabbiy va futbolchi o'rtasida shaxsiy suhbat bo'lib o'tgan – asosiy mavzu lateralning holati va uning kelajakdagi istiqbollari bo'lgan. Manbaning qayd etishicha, uchrashuv «ijobiy» o'tgan: tomonlar mavjud masalalarni oydinlashtirib, hal qilib olishgan.

Eslatib o'tamiz, Daniel Karvaxalning «Real» bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ