logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Siti"ning yana bir markaziy himoyachisi safga qaytdi

 10 FEVRAL, 2026, 22:42

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida klub muxlislariga xushxabar bilan o'rtoqlashdi. Himoyachi Jon Stouns jarohatidan qutilib, safga qaytdi va o'yinga tayyor. Stouns oxirgi marta o'tgan yilning 2 dekabr sanasida maydonga tushgan edi.

"Stouns safga qaytdi. Uning holati yaxshi, deb ayta olaman", — dedi Gvardiola jurnalistlarga.

"Manchester Siti" hozirda Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Peshqadam "Arsenal" ulardan olti ochko ko'proq jamg'argan. Oldinda yana 13 ta tur mavjud.

Xosep Gvardiola hozirda jamoani Premer-liga doirasidagi "Fulxem"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda. Ushbu bahs chorshanba kuni, 11 fevral (Toshkent vaqti bilan 12 fevralga o'tar kechasi) bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ