logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Saudiya grandi Saloh bilan muzokaralarni boshladi: Bu safar Muhammad ketishga rozi

 10 FEVRAL, 2026, 22:36

Yozgi transfer oynasida hujumchi Muhammad Saloh klubini o'zgartirishi mumkin. Arne Slot bilan bo'lgan avvalgi kelishmovchiliklar, shuningdek, ushbu mavsumdagi ishonchsiz o'yin — bularning barchasi misrlik futbolchining kelajak borasidagi pozitsiyasiga ta'sir o'tkazmoqda. Saloh shartnomasi tugashiga bir yil qolganda «Liverpul»ni tark etishi mumkin.

«Foot Mercato» nashrining xabar berishicha, Salohning agenti allaqachon Saudiyaning «Al-Ittihod» klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. O'tgan yildan farqli o'laroq, Muhammad hozirda Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga ancha ijobiy yondashmoqda.

Shu yozda Muhammad Saloh 34 yoshini qarshi oladi. Nufuzli «Transfermarkt» portali mutaxassislari hujumchini 30 million evroga baholashmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ