logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» yozda Gabriel Jezus bilan xayrlashishga tayyor

 10 FEVRAL, 2026, 22:30

Top-ligalarda qishki transfer oynasi yopilgan bo'lsa-da, katta klublarning tarkibni kuchaytirish borasidagi ishlari davom etmoqda — endi asosiy e'tibor yozgi rejalarga qaratilgan. «Transfer News Live» nashrining «Tuttosport»ga tayanib xabar berishicha, hujumchi Gabriel Jezus mavsum yakunida «Arsenal»ni tark etib, A Seriyaga yo'l olishi mumkin.

Manbaga ko'ra, Jezusga «Milan» klubi qiziqish bildirmoqda. «Rossonerilar» braziliyalik futbolchini uning Londondagi amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qolganda o'z safiga qo'shib olishlari mumkin.

Shu yilning qishida Gabriel Jezus jiddiy jarohat tufayli uzoq davom etgan tanaffusdan so'ng safga qaytdi. O'shandan beri braziliyalik hujumchi 16 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga to'rtta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. «Transfermarkt» portali 28 yoshli Jezusni 20 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ