Daychga so'nggi imkon beriladi
10 FEVRAL, 2026, 20:36
Daily Telegraph nashrining xabar berishicha, Angliyaning "Nottingem Forest" klubi menejeri Shon Daych bosim ostida va ishini yo'qotishi mumkin.
Agar "Nottingem" 11 fevralga belgilangan Premer-liganing 26-turida "Vulverxempton Uonderers"ni mag'lub eta olmasa, jamoa rahbariyati uni ishdan bo'shatish masalasini diqqat bilan ko'rib chiqadi. Daych klubni 2025 yil oktyabr oyida qabul qilib olgan edi.
