logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ispaniyada Messi "Barselona"ga qachon qaytishi mumkinligi ma'lum qilindi

 10 FEVRAL, 2026, 18:06

Ispaniyaning "Sport" nashri sahifalarida kuni kecha Lionel Messining kelajagi haqida hikoya qiluvchi maqola e'lon qilindi. Unda aytilishicha, argentinalik yulduz "Barselona" prezidentligi uchun nomzodlarning birortasini ham qo'llab-quvvatlashni istamayapti. Messi nomzodlar bilan uchrashish niyatida emas, uning Joan Laporta bilan munosabatlari esa hamon sovuqligicha qolmoqda.

Qayd etilishicha, "Inter Mayami" bilan shartnoma muddati tugaganidan so'ng Messining oilasi yashash uchun Barselonaga qaytadi. Aynan o'shanda Lionel o'zining qadrdon klubiga qaytishi mumkin bo'ladi. Messi "Barselona"ning sport menejmenti (rahbariyati) lavozimidan joy olishi kutilmoqda.

Lionel Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning oxirigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ