«Real» Braim bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi
10 FEVRAL, 2026, 17:36
Madridning "Real" klubi qanot vingeri Braim Dias jamoa bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
AS xabariga ko'ra, 26 yoshli marokashlik vingerga 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilinadi. Braim klub bilan hech qanday muammolarsiz yangi shartnoma imzolashga tayyor.
Braimning amaldagi kelishuvi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni hozirda 35 million evroga baholamoqda.
