logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" futbolchilari bu mavsumda APL chempionligiga ishonmoqda...

 10 FEVRAL, 2026, 16:42

Maykl Kerrik bosh murabbiy etib tayinlanganidan so'ng, "Manchester Yunayted" chempionatda ketma-ket to'rtta o'yinda g'alaba qozondi. "Old Trafford" kiyinish xonasida ko'tarinki kayfiyat hukm surmoqda. "The Touchline" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, ayrim futbolchilar va murabbiylar shtabi a'zolari jamoaning aynan shu mavsumda Angliya chempioni bo'lish imkoniyati borligiga ishonishmoqda.

Ayni damda "Manchester Yunayted" turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi va peshqadam "Arsenal"dan 12 ochko ortda qolmoqda. "Qizil iblislar" ichida agar g'alabali seriya davom ettirilsa, jadval yuqorisidagi "kanonirlar"ni quvib etish mumkin degan fikr bor.

Ta'kidlash joizki, "Manchester Yunayted" bor e'tiborini faqat APLga qaratgan — jamoa boshqa turnirlarda ishtirok etmayapti.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" so'nggi bor 2013 yilda Aleks Fergyuson boshqaruvi ostida Angliya chempioni bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ