logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Reshford nima uchun Angliyaga qaytmoqchi emasligini tushuntirdi

 10 FEVRAL, 2026, 16:18

Hujumchi Markus Reshford Angliya Premer-ligasiga qaytish ehtimoli borasida yakuniy qarorga keldi. "The Touchline" nashriga ma'lum bo'lishicha, Reshford o'zini APLda "boshqa hech qachon" ko'rishni istamaydi.

28 yoshli Markusning fikricha, Angliya futbol maydoni haddan tashqari "toksik" (zaharli muhitga ega). Shu bilan birga, chet eldagi hayot hujumchining faoliyatini qayta jonlantirdi. U Angliyaga qaytish aks ta'sir ko'rsatadi deb hisoblaydi.

Ma'lumki, o'tgan yozda Markus Reshford "Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Kataloniyaliklar ingliz futbolchisini ijaraga olishgan va uni sotib olish huquqiga ega. Joriy mavsumdagi 34 ta o'yinda Reshford o'z hisobiga 10 ta gol va 13 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ