logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Holand "Enfild"da ilk bor gol urdi. U APLda o'ynagan 24 ta stadionidan 23 tasida gol urishga muvaffaq bo'lgan

 10 FEVRAL, 2026, 16:16

APLning 25-turi doirasida "Enfild" stadionida "Liverpul" va "Manchester Siti" o'rtasida tomoshabop bahs bo'lib o'tdi.

Uchrashuv "shaharliklar"ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi, garchi maydon egalari 74-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa-da.

"Siti"ning yulduz hujumchisi, norvegiyalik Erling Holand jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi. Qayd etish joizki, bu Holandning APL doirasida "Enfild"da o'tkazgan to'rtinchi o'yini bo'lib, u mazkur stadionda turnir doirasidagi ilk to'pini kiritdi.

SHu tariqa, norvegiyalik to'purar Angliya chempionatida o'ynagan 24 ta stadionidan 23 tasida gol urishga erishdi. U faqatgina "Sanderlend"ning uy maydoni — "Stedium of Layt"da gol ura olmagan.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ