logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" yulduziga Amerikadan taklif tushdi

 10 FEVRAL, 2026, 07:42

"Chikago Fayr" klubi hamon "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini o'z safiga qo'shib olish niyatida. Polyak futbolchisining shartnomasi mavsum yakunida tugaydi va u erkin agentga aylanishi mumkin.

MLS klubining 37 yoshli futbolchi atrofidagilar bilan ilk aloqalari o'tgan yilning oxirida boshlangan edi. Noyabr oyida Levandovskining rafiqasi Ana Chikagoga tashrif buyurdi va hatto ehtimoliy yashash joylarini ko'zdan kechirdi. Dekabr oyi boshida esa "Chikago Fayr" delegatsiyasi Barselonaga tashrif buyurdi. Bir necha hafta oldin hujumchining manfaatlarini himoya qiluvchi mashhur agent Pini Zaxavi Londonda Amerika klubi egasi Jo Mansueto bilan uchrashdi.

Natijada "Chikago Fayr" Levandovskiga jahon superyulduzi maqomiga mos bo'lgan maosh bilan 2 yillik shartnoma taklif qildi. Bu haqda "Diario Sport" nashri Chikagodagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Levandovski "Barselona" safida barcha musobaqalarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ