logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Keyn Saudiya Arabistoni klublari nishonida

 10 FEVRAL, 2026, 07:12

"Bavariya"ning ingliz hujumchisi Xarri Keyn Saudiya Arabistoni klublarining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda "Kicker" nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining ehtimoliy ish beruvchilari orasida qirollikning etakchi jamoalari, jumladan, "Al-Ahli" va "Al-Ittihod" bor. Ta'kidlanishicha, Germaniya klubi rahbariyati hujumchini o'z tarkibida saqlab qolish niyatida, biroq shartnomada ko'rsatilgan 70 million evro miqdoridagi tovon puli bandi mavjud. Ushbu band kuchga kirishidan oldin futbolchi jamoani tark etish istagi haqida rahbariyatni rasman xabardor qilish huquqiga ega.

Joriy mavsumda Keyn "Bavariya" safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 38 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ingliz futbolchisining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy qiymati 65 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ