logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Atletiko» «Metropolitano» chimini yangilamaydigan bo'ldi

 10 FEVRAL, 2026, 01:18

«Atletiko» jamoa sardori Koke tomonidan maydon holati tanqid qilinganiga qaramay, «Metropolitano» stadionidagi maysani (gazonni) almashtirmaydigan bo'ldi.

La Liganing 23-turida «Betis»dan uchralgan mag'lubiyatdan (0:1) so'ng madridliklar sardori shunday degan edi: «Atletiko» o'yin ko'rsatishi uchun yuqori sifatli maydon kerak. U juda yomon holatda, sirpanib ketyapmiz, bir tegishda o'ynay olmadik».

«Marca» nashrining xabar berishicha, mavsum yakuniga qadar «Metropolitano»da chimni almashtirish rejalashtirilmagan. «Atletiko» rahbariyatining ta'kidlashicha, maydon holatiga Madridda so'nggi haftalarda kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti, jumladan yomg'ir, qor va past harorat salbiy ta'sir ko'rsatgan.

Qayd etilishicha, mavsum oxirigacha «Atletiko» o'z uy stadionida Ispaniya Kubogi va Chempionlar Ligasidagi ishtirokiga qarab 9 tadan 12 tagacha o'yin o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ