logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:33
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronalduning ikki talabi bajarildi

 9 FEVRAL, 2026, 23:18

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Portugaliyalik futbolchi dam olish kunlari Saudiya Arabistoni chempionati doirasidagi «Al-Fateh»ga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda.

«A Bola» nashrining xabar berishicha, «An-Nasr» rahbariyati portugaliyalik yulduz tomonidan bo'lgan bosim ostida uning ikkita talabini bajardi. Birinchidan, so'nggi soatlar ichida Ar-Riyod klubi xodimlar oldidagi barcha qarzdorliklarni yopdi. Ikkinchidan, Ronalduga yaqin bo'lgan sport blokidagi shaxslar — Joze Semedu va Simau Kontino o'z vakolatlariga qaytarildi. Avvalroq ushbu ikki funktsioner qishki transfer kampaniyasi vaqtida muhim qarorlar qabul qilish huquqidan mahrum etilgan edi.

Hozirda «An-Nasr» Pro-liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ