logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» xavbeki Mikel Merino operatsiya qilindi

 9 FEVRAL, 2026, 23:12

Londonning «Arsenal» klubi hamda Ispaniya milliy jamoasi yarim himoyachisi Mikel Merino oyoq panjasidan olgan og'ir jarohatidan keyin operatsiyani boshdan kechirdi. Xavbek jarohatni Angliya Premer-ligasining 23-turi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o'yinda (2:3) olgan.

«Operatsiya yakunlandi! Qaytishga deyarli tayyorman. Barchangizga xabarlaringiz va mehringiz uchun katta rahmat. Bu menga ushbu sinovni engib o'tish uchun yanada ko'proq kuch bag'ishlayapti», — deb yozdi Merino ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Joriy mavsumda 29 yoshli ispaniyalik futbolchi barcha musobaqalar doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, olti gol urib, uchta golli uzatma amalga oshirdi. 2024 yilda Merino Ispaniya terma jamoasi bilan birga Germaniyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatida g'olib chiqqan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ