Allaqachon faoliyatini tugatgan Istominning qaytishi ham Nigeriya bilan o'yinda yordam bermadi
9 FEVRAL, 2026, 13:16
Kecha Nigeriyaning Lagos orolida tennis bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jamoaviy "Devis Kubogi" musobaqasi doirasida Nigeriya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yinlar seriyasi yakunlandi.Bahsda Nigeriya terma jamoasi 3:1 hisobida zafar quchdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Kechagi bellashuvlar doirasida Maykl Emmanuel va Abua Kanise juftligi Humoyun Sultonov hamda jamoamiz sardori, faoliyatini yakunlab ulgurgan Denis Istomin juftligini 7/6, 6/4 hisobida engdi. Bu holatda o'yindagi hisob 2:1 ko'rinishida edi.
SHundan so'ng, yosh tennischimiz Ilya Ignatov Daniel Adeleye bilan to'qnash keldi. Bu bahsda afrikalik raketka ustasi 6/3, 6/4 hisobida o'z g'alabasini nishonladi. Bu orqali Nigeriya "Devis kubogi"ning keyingi bosqichi masalasini hal qildi.
Malumot o'rnida, Nigeriya terma jamoasining birorta tennischisi dunyo reytingiga kirmagan edi.






Manba: olamsport.com
