logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alvaro Arbeloa Valverdening universalligi haqida: "U qaerda o'ynasa ham hayratlanarli darajada yaxshi"

 9 FEVRAL, 2026, 11:54

Madridning «Real» klubi La Liganing yakshanba kungi bahsida «Valensiya» ustidan g'alaba qozondi (2:0).

«Qaymoqranglilar» ustozi Alvaro Arbeloa Federiko Valverdeni o'zining asosiy pozitsiyasi — yarim himoya markaziga qaytardi, mudofaaning o'ng qanotiga esa yosh David Ximenesni joylashtirdi.

"Fedening yarim himoyadagi o'yini? Men uning aynan o'sha erda o'zini eng qulay his qilishini bilaman, biroq u biz uni qaysi pozitsiyaga qo'ymaylik, hamma joyda hayratlanarli darajada yaxshi harakat qiladi", — deya «Madrid Zone» madridliklar bosh murabbiyining javobini keltirmoqda.

Federiko Valverde joriy mavsumda «Real» safida barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va to'qqizta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ