logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Opta»: Xoland uchun APLda zabt etilmagan faqat bitta stadion qoldi

 9 FEVRAL, 2026, 11:24

Angliya Premer-ligasining 25-turi doirasida «Manchester Siti» safarda «Liverpul»ni mag'lub etdi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi. G'alaba to'pini qo'shib berilgan vaqtda penaltini aniq amalga oshirgan hujumchi Erling Xoland kiritdi.

Ushbu gol norvegiyalik to'purar uchun «Enfild»dagi birinchisi bo'ldi. «Liverpul»ning uy stadionida gol urish unga faqat to'rtinchi urinishda nasib etdi. «OptaJoe» nashrining qayd etishicha, Xoland Premer-ligada o'zi o'ynagan 24 ta stadiondan 23 tasida gol urishga ulgurgan. Hozircha u faqat «Sanderlend»ning uy stadioni — «Stedium of Layt»da gol urmagan.

Joriy mavsumda 25 yoshli Xoland barcha musobaqalarda 36 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol urdi va oltita golli uzatma muallifiga aylandi.

«Manchester Siti» navbatdagi o'yinini 11 fevral kuni «Fulxem»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ