logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Slot: "Biz allaqachon qo'shib berilgan daqiqalarni o'tkazib yuborishga o'rganib qolganmiz"

 9 FEVRAL, 2026, 08:00

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL 25-turidan o'rin olgan "Manchester Siti"ga (2:1) qarshi o'yinga munosabat bildirdi.

"Birinchi bo'limda "Manchester Siti" yaxshiroq edi, garchi ko'p golli vaziyatlar yaratmagan bo'lsa-da, ular bizning maydonimizda ko'proq to'pga egalik qilishdi. Ikkinchi bo'limda ustunlik qildik va yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik. 1:0 hisobida oldinga o'tib, raqibga deyarli imkon bermadik. O'yin tugashi arafasida uzatilgan to'pdan so'ng bir rikoshet ular tomonga muvaffaqiyatli qaytdi va hisob 1:1... Qo'shib berilgan daqiqalarda gol o'tkazib yuborishga deyarli o'rganib qolganmiz, bugun ham shunday bo'ldi.

Soboslaining kartochkasimi? Bu gapirish kerak bo'lgan voqea emas. Balki hakam hammasini shunday qoldirishi va golni hisobga olishi kerak edi, ammo agar qoidalar shunday bo'lsa, unda biz buni qabul qilishimiz kerak", - deya Slotning so'zlarini keltiradi VVS.

"Liverpul" 39 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda. "Manchester Siti" 50 ochko bilan ikkinchi o'rinda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ