logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliga. "Bavariya" "Xoffenxaym"ni tor-mor etib, peshqadamlikni mustahkamladi

 8 FEVRAL, 2026, 23:42

Bundesliganing 21-turidan o'rin olgan «Bavariya» va «Xoffenxaym» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Myunxenda kechgan bahsda mezbonlar 5:1 hisobida ishonchli g'alabaga erishishdi.

O'yin mehmonlar uchun omadsiz boshlandi: 17-daqiqadayoq Kevin Akpoguma qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Oradan 3 daqiqa o'tib, Garri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 35-daqiqada Andrey Kramarich «Xoffenxaym»ning javob to'pini kiritib, muvozanatni tiklagan bo'lsa-da, Keyn 45-daqiqada yana penaltidan gol urib, dublini rasmiylashtirdi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda Luis Dias o'z shousini boshladi. U 45+2, 62 va 89-daqiqalarda gol urib, xet-trik qayd etdi va jamoasining yirik g'alabasini ta'minladi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Bavariya» 54 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. «Xoffenxaym» esa 42 ochko bilan 3-o'rinda qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ