Gasperini: "Tottini darhol tarkibga qo'shaman"
8 FEVRAL, 2026, 19:12
"Roma" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Franchesko Tottining klub tuzilmasiga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.
"Tottining qaytishi? Men uni darhol tarkibda maydonga tushiraman, faqat mashq qilsin - hech qanday muammo yo'q", - dedi Gasperini matbuot anjumanida kulib.
Franchesko Totti butun futbolchilik faoliyatini "Roma"da o'tkazgan. Keyinchalik, 2017-2019 yillarda u Rim klubida menejer bo'lib ishlagan.
