logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" "Bornmut" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

 8 FEVRAL, 2026, 18:06

"Bornmut" yarimhimoyachisi Aleks Skott "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Xabarga ko'ra, "ko'klar" yozgi transferlar vaqtida 22 yoshli xavbekni o'z safiga qo'shib olish variantini ko'rib chiqadi. London klubi maydon markaziga yana bir futbolchini olib kelmoqchi.

Aleks Skott 2023 yilda "Bristol Siti"dan 23 million evro evaziga "Bornmut"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Skottni 30 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ