logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" futbolchilari Flikni shartnomani uzaytirishga ko'ndirmoqda

 8 FEVRAL, 2026, 16:00

«Barselona» futbolchilari Xans-Diter Flikning klub bosh murabbiyi lavozimida qolishini istamoqdalar.

«Touchline» nashrining ma'lumotlariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» o'yinchilari nemis mutaxassisi bilan shartnoma uzaytirilishidan nihoyatda manfaatdor. Ular ustozini uzoqroq muddatga — 2027 yildan keyin ham amal qiladigan kelishuvga imzo chekishga ko'ndirishga tayyorlar. Kataloniya klubi futbolchilari Flikni o'zlari uchun ideal murabbiy deb hisoblashadi.

Xans-Diter Flik 2024 yilda «Barselona»ni qabul qilib olgan edi. Uning qo'l ostida «ko'k-anorranglilar» La Liga, Ispaniya kubogi va ikki bor Ispaniya Superkubogida g'olib chiqishdi. Hozirda Kataloniya klubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ