logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jahon chempioni: "Safonov Shevaledan ancha ishonchli"

 8 FEVRAL, 2026, 15:54

1998 yilda Frantsiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo'lgan Lionel Sharbonne «PSJ»ning ikki darvozaboni — Lyuka Shevale va Matvey Safonovni o'zaro taqqosladi. Sharbonne rossiyalik posbonni yuqoriroq baholadi.

«Hozirgi sharoitda, mening fikrimcha, Safonov Shevalega qaraganda ancha ishonchli. U o'z jarima maydonchasida o'ziga ko'proq ishonishini hisobga olaman. Menga Safonov turganda darvoza Shevalenikiga qaraganda kichikroqdek tuyuladi. Safonov chiziqdan oldinroqqa chiqib o'ynaydi va buning ustiga xarizmaga ega», — deya Sharbonnening so'zlarini keltiradi «RMC Sport».

Bugun, 8 fevral yakshanba kuni, «PSJ» Frantsiya chempionati doirasida o'z maydonida «Marsel»ga qarshi o'yin o'tkazadi. Parijliktar g'alaba qozongan taqdirda, yana Liga 1ning yakka peshqadamiga aylanishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ