"Liverpul" Konateni saqlab qolishi mumkin
8 FEVRAL, 2026, 15:12
"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo'nur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mersisaydliklar futbolchiga bir necha yirik klublar jiddiy qiziqish bildirayotgani bois, kelishuvni imkon qadar tezroq yopishga intilmoqda.
26 yoshli frantsuzning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi.
Konate joriy mavsum barcha turnirlar bilan hisoblaganda 31 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Ayni paytda "Liverpul" Angliya chempionati turnir jadvalida 24 uchrashuvda 39 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lib, 6-o'rinni egallab turibdi.
