logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Frank Romeroni himoya qildi

 8 FEVRAL, 2026, 13:06

«Tottenxem» bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa himoyachisi Kristian Romeroning navbatdagi qizil kartochkasi borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Angliya chempionatining 25-turidan o'rin olgan bahsda «Tottenxem» safarda «Manchester Yunayted»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Romero «shporlar»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi, biroq 29-daqiqadayoq jamoasini bir kishi kam bo'lib qolishiga sabab bo'ldi.

«Uni sardor etib tayinlaganimdan aslo afsuslanmayman. U kiyinish xonasida jamoadoshlaridan uzr so'radi. Men uni «Tottenxem»ning eng muhim o'yinchilaridan biri deb hisoblayman», — deya Frankning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Hozirgi vaqtda «Tottenxem» Premer-liga turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi. London jamoasi hisobida 29 ochko mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ