logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Morgan dunyoning eng yaxshi murabbiyi kim ekanligini aytdi

 8 FEVRAL, 2026, 12:42

Britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Premer-liganing 25-turi doirasida «Sanderlend» ustidan qozonilgan uy g'alabasidan (3:0) so'ng, Londonning «Arsenal» klubi ustozi Mikel Artetaning ishiga baho berdi.

«Hozir «Arsenal»da dunyoning eng yaxshi murabbiyi bor. Arteta o'z cho'qqisida turibdi. Shu yillar davomidagi rivojlanishni kuzatish juda maroqli», — deyiladi jurnalistning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

Angliya chempionati turnir jadvalida «kanonirlar» 56 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turishibdi. Arteta shogirdlari ikkinchi o'rinda borayotgan «Manchester Siti»dan to'qqiz ochkoga oldinda.

Premer-liganing keyingi turida London jamoasi safarda «Brentford» bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ