logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: «Mingta o'yindan beri imkoniyatlarni ko'kka sovuryapmiz»

 8 FEVRAL, 2026, 12:36

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning vaziyatlardan foydalanish borasidagi muammolari haqida to'xtalib o'tdi.

«Oxirgi mingta o'yin davomida biz juda ko'p imkoniyatlarni boy berdik: jarima maydonchasi ichida, penaltilarda, darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatlarda. Dahshat! Premer-liga cho'qqisiga yaqinroq bo'lishimiz uchun ko'proq ochko to'plashimiz mumkin edi. Lekin APL shunday», — deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi «City Report».

Mutaxassisning ta'kidlashicha, «Manchester Siti» «Bernabeu»da «Real»ni mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan, biroq o'shanda uning jamoasi APLning ochko yo'qotilgan ba'zi o'yinlariga qaraganda ancha yomonroq harakat qilgan.

«Ba'zida shunday bo'lib turadi va bunga ko'nikish kerak», — deya ta'kidladi Gvardiola.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ