logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Napoli» etakchisi safdan chiqdi

 8 FEVRAL, 2026, 12:30

Italiyaning «Napoli» klubi safida joriy mavsumning asosiy qahramonlaridan biriga aylangan Skott Maktominay Seriya A doirasidagi «Jenoa»ga qarshi navbatdagi o'yinda jarohat oldi. Birinchi bo'lim yakunida u zaxiraga olinishini so'rashga majbur bo'ldi. «Napoli» ustozi Antonio Konte vaziyatga izoh berdi.

«Skott yil boshidan beri yallig'lanish tufayli muammolarga duch kelmoqda, bu esa mashg'ulotlardagi yuklamalarni cheklashga majbur qiladi. U maydonda qolishni istagan edi, lekin men ehtiyot chorasini ko'rishga qaror qildim», — deya neapolliklar murabbiyining so'zlarini keltiradi «calcionapoli1926.it».

Eslatib o'tamiz, shotlandiyalik futbolchi 2024 yildan buyon «Napoli» sharafini himoya qilib kelmoqda. Klub Seriya A turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ