logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gordon «Manchester Yunayted»ning yozgi asosiy nishoniga aylandi

 8 FEVRAL, 2026, 02:42

«Nyukasl» yarim himoyachisi Entoni Gordon faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotlariga ko'ra, «qizil iblislar» futbolchini sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «MYu» Gordonni asosiy o'ng qanot vingeri sifatida ko'rmoqda. Futbolchi «Manchester Yunayted»ning yozgi transfer oynasi uchun asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Entoni Gordon 2023 yilda «Everton»dan 45 million evro evaziga «Nyukasl»ga o'tgan edi. Uning «qarg'alar» bilan shartnomasi tafsilotlari noma'lumligicha qolmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ