logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" yulduzi: "Benzemaga o'xshashni istayman"

 7 FEVRAL, 2026, 23:24

"Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike qaysi futbolchilar unga eng ko'p ilhom bergani haqidagi savolga javob berdi.

"Meni eng ko'p ruhlantirgan futbolchilar — Karim Benzema va Neymar. Benzema bilan bir xil pozitsiyada o'ynaymiz, uning o'yin uslubi menga juda yoqadi. U haqiqatan ham kuchli futbolchi. Golli uzatmalar beradi, gollar uradi va jamoa manfaati uchun o'ynaydi. Men aynan shunday futbolchi bo'lishni istayman", — deya Ekitikening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Ugo Ekitike 2025 yilda "Nyukasl"dan "Liverpul"ga 95 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi "qizillar" safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ