logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" APLda kuchli uchlikni deyarli quvib etdi

 7 FEVRAL, 2026, 23:18

Shanba oqshomida Birmingemning "Aston Villa" jamoasi "Bornmut" mehmoni bo'lib, g'alabani qo'ldan chiqardi — 1:1. Shu tariqa, Unai Emeri jamoasi 47 ochko bilan turnir jadvalining uchinchi pog'onasida qoldi.

Qiziqarli jihati shundaki, shanba kuni "Tottenxem" ustidan zafar quchgan (2:0) "Manchester Yunayted" klubi "Villa" bilan oradagi farqni atigi uch ochkogacha qisqartirdi. Mankunianliklar hisobida 44 ochko mavjud.

Shuningdek, "Manchester Siti"da ham 47 ochko bor, biroq "shaharliklar" o'z ochkolarini yakshanba kuni, 8 fevral sanasida ko'paytirib olishlari mumkin. Ushbu kunda Xosep Gvardiola shogirdlari oltinchi o'rinda borayotgan "Liverpul" mehmoni bo'ladi.

APL peshqadami esa 56 ochko bilan "Arsenal" bo'lib turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ