logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Napoli" Sterlingga shart qo'ydi

 7 FEVRAL, 2026, 23:12

"Chelsi"ning sobiq hujumchisi Rahim Sterling faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Topskills Sport UK nashrining xabariga ko'ra, "Napoli" ingliz futbolchisini o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. Biroq, bu transfer faqat hujumchi maosh borasidagi talablarini pasaytirgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va ular yakuniy bosqichda. Neapol klubi futbolchiga o'z shartlarini bayon qilgan, endigi qaror o'yinchining o'ziga bog'liq.

Rahim Sterling yanvar oyida erkin agent sifatida "Chelsi"ni tark etgan edi. London klubi futbolchi bilan shartnomani bekor qildi. Joriy mavsumda hujumchi birorta ham o'yinda maydonga tushmadi, o'tgan mavsumni esa ijara asosida Londonning "Arsenal" klubida o'tkazgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ